2023-10-16

Navbatdagi erkaklar o’rtasidagi xalqaro musobaqa!

Bugun (2.2) “Trans-Himalaya Cycling Race” Xitoy 🇨🇳 davlatida velosportning 🚴🏻‍♂️shosse yo’nalishi bo’yicha UCI xalqaro musobaqasining 2-bosqich 89,97 kilometriga start berildi.
Ushbu musobaqada 74 nafar velosipedchi o’zaro bellashdilar.

Mazkur musobaqada erkaklar milliy terma jamoa a’zolari:
Danil Evdokimov 1:50:15 sekunda marra chizig’ini bo’sib o’tib 3-o’rinni egaladi va Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi UCI reyting 1 ochkoni milliy terma jamoamiz hisobiga kiritdi.

Musobaqa 17-oktyabrga qadar davom etadi.

Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »