2023-09-07

Navbatdagi erkaklar o’rtasidagi xalqaro musobaqa!

8 sentyabr (1.2) “Grand prix Boukraa”
9 sentyabr (1.2) “Grand prix Es-Semara”
10 sentyabr (1.2) “Grand prix El Marsa”
14-23 sentyabr ko’p kunlik (2.2) “Tour Du Maroc” kunlari Marokash🇲🇦 davlatida velosportning 🚴🏻‍♂️shosse yo’nalishi bo’yicha UCI xalqaro musobaqalari bo’lib o’tadi.

Mazkur musobaqada erkaklar milliy terma jamoa a’zolari:

  1. Murodjon Xalmuratov
  2. Begzod Raximboyev
  3. Damir Zabirov
  4. Akramjon Sunnatov
  5. Konstantin Elli
  6. Ulug’bek Saidov
    yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Sportchilarimizning musobaqadagi barcha yutuqlari Parij🇫🇷 2024 yozgi Olimpiada o’yinlariga yo’llanma olish uchun xalqaro reyting📈 ochkolari sonini ko’paytirish imkoniyatini beradi.
Sportchilarimiz xorijiy mutaxassis Volodimir Starchik murabbiyligi boshchiligida qizg’in bahslarga kirishadilar.
Biz ham shu o’rinda velosportchilarimizga🚴🏻‍♂️ ushbu xalqaro musobaqalarda omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

https://t.me/cycling_uz

Язык »