2024-03-21

Navro’z bayrami muborak bo’lsin!

Bugun, 21-mart kuni milliy va qadimiy bayramimiz bo’lmish Navroʻzi olam nishonlanadigan kun.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi barchani Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi!

Yangilanish timsoli bo‘lgan ushbu bayram yaxshilik, iliqlik va ko‘plab quyoshli kunlarni olib kelsin. Barcha ezgu niyatlar va tashabbuslar amalga oshishini, orzular albatta ro’yobga chiqishini tilaymiz. Quvonch, yaxshi kayfiyat, baxt va farovonlik yor bo‘lsin!

Язык »