2024-02-20

Nikita Svetkov — Osiyo chempionatining kumush medali sohibi!

Hindiston poytaxti Nyu-Delida velosportning trek yo’nalishi bo’yicha kattalar o’rtasida 43-Osiyo birinchiligi o’tkazilmoqda.

Ahamiyatlisi, musobaqaning bugungi kuni terma jamoamiz omadli o’tdi.

Turnirning bugungi kuni doirasida Elimination (chiqarib yuborish poygasida) ishtirok etgan hamyurtimiz Nikita Svetkov ajoyib natija qayd etgan holda termamiz hisobiga kumush medalni taqdim etdi. Shuningdek, ayollar o’rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Nafosat Koziyeva yakunda beshinchi natijani qayd etdi.

Ushbu ajoyib natija bilan Nikita va uning yaqinlarini, shuningdek, siz aziz muxlislarni tabriklaymiz!

Язык »