2024-02-25

Olimpiya litsenziyasi yo’lidagi asosiy raqiblardan biri quvib o’tildi!

Nyu-Delida davom etayotgan velosportning trek yo’nalishi bo’yicha kattalar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni doirasida ilk medal qo’lga kiritildi.

Unda medison dasturidagi guruh poygasida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari Olga Zabelinskaya hamda Nafosat Koziyeva marraga ikkinchi bo’lib yetib keldi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo’shib qo’ydi.

Ahamiyatlisi, medison dasturida Parij-2024 litsenziyasi uchun kurash olib borayotgan terma jamoamiz bu yo’ldagi asosiy raqobatchi bo’lmish Gong Kong termasini ortda qoldirganini ta’kidlash lozim.

Medison (guruh poygasi):

Oltin: Yaponiya
Kumush: O’ZBEKISTON (Olga Zabelinskaya, Nafosat Koziyeva)
Bronza: Gong Kong.

Sportchilarimizni ushbu ajoyib natija bilan tabriklagan holda musobaqadagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Язык »