2023-09-25

Olimpiya shaharchasida qurilayotgan velotrek majmuasiga horijiy kompaniyalar jalb etildi!

Xabaringiz bor, hozirgi kunda olimpiya shaharchasida zamonaviy velotrek qurilmoqda, ushbu velotrekda ustqoplamasi UCI xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan , xalqaro musobaqa o’tqazishga javob beradigan velotrek qurilishi lozim, shu sababdan Germaniyaning (Velo-Track GmbH & Co) kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan «trek yo’lagini qurish bo’yicha” tajribali mutaxassis Jefferey Jesussek O’zbekistonga tashrif buyurdi, tashrif doirasida qurilayotgan bino maketi hamda uning qurilish joyi bo’yicha ko’zdan kechirildi.
Hozirgi kunda tashrif doirasida O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi hamda trek inshooti qurulishini olib borayotgan Xitoy kompaniyasi «CHINA CAMC ENGINEERING CO., LTD.» vakillari o’rtasida yangi qurilish inshootining loyihasi ustida hamda sertifikatlashtirish masalalari ko’rib chiqilmoqda.

https://t.me/cycling_uz@cycling_uz

Язык »