2024-03-18

Osiyo chempionati va Jahon kubogidan qaytgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, fevral oyi yakunida Hindistonda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati, bugun esa Hong-Kongda Jahon kubogining ikkinchi bosiqichi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqalarda qatnashgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2 ta kumush medal qo‘lga kiritishdan tashqari, medison dasturida Olimpiya yo‘llanmasi uchun katta qadam tashladi.

Musobaqalarda ishtirok etgan delegatsiyamiz vakillari bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Asqarbek Abduvaliyev, federatsiya mutasaddilari, muxslislar, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o’tamiz, delegatsiyamiz Hindistondagi Osiyo chempionatida jami 6 ta medalga ega chiqqan edi.

Язык »