2024-02-28

Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan yosh velosportchilarimiz munosib kutib olindi!

Kecha 21-26-fevral kunlari 🇮🇳Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkazilgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan velosportchilarimiz Toshkentga qaytdi.

Bugun esa Respublika velosport mahorat maktabida yosh sportchilarimiz — Alimardon Jamoldinov hamda Samira Ismoilovani taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi o’rinbosari Kozimxo’ja O’rinboyxo’jayev ham ishtirok etib, yosh sportchilarni yuqori natija qayd etgani bilan tabriklab, keyingi turnirlarda omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Hindistondagi Osiyo chempionatida 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Язык »