2024-02-26

Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladik va navbatdagi Olimpiya litsenziyasi uchun yana bir qadam tashladik!

Hindiston poytaxti Nyu-Delida olti kun davom etgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari jami 17 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, sportchilarimiz Osiyo birinchiligini umumiy 6 ta medal qo‘lga kiritgan holda yuqori kayfiyatda yakunladi.

Sovrindorlar bilan tanishing:

Kattalar:

Kumush: Nikita Svetkov (Chiqarib yuborish)
Kumush: Margarita Misyurina (Ochko to‘plash)
Kumush: Olga Zabelinskaya/Nafosat Koziyeva (Medison).

Yoshlar:

Kumush va bronza: Alimardon Jamoldinov (Omnium va ochko to‘plash dasturlarida)
Bronza: Samira Ismoilova (Omnium).

Quvonarlisi, ayollar o’rtasidagi medison guruh poygasida kumush medalni qo’lga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi delegatsiyamizga Parij-2024 Olimpiya litsenziyasi yo’lida 1080 reyting ochkosini taqdim etdi.

Язык »