2024-02-24

Osiyo chempionatining bugungi kunidagi ilk medal bronza boʻldi!

Hindiston poytaxti Nyu-Delida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi qirq uchinchi va yoshlar o‘rtasidagi o‘ttizinchi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning bugungi kunida yosh sportchimiz Alimardon Jamoldinov guruh poygasida 3-oʻrinni egalladi va bronza medalini oʻziniki qildi.

Eslatib oʻtamiz, Jamoldinov kecha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan omnium poygasida kumush medalni qo’lga kiritgan edi.

Alimardonni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Язык »