2024-02-23

Osiyo chempionatining bugungi kunini 2 ta medal bilan yakunladik!

Hindiston poytaxti Nyu-Delida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi qirq uchinchi va yoshlar o‘rtasidagi o‘ttizinchi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.

Musobaqaning bugungi kuni ham terma jamoamiz, xususan, yosh sportchilarimiz uchun juda omadli o‘tdi.

Jumladan:

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan omnium poygasida:

Alimardon Jamoldinov kumush medalni qo’lga kiritdi.

Yosh qizlar o‘rtasidagi omnium bellashuvida esa:

Samira Ismoilova uchinchi natijani qayd etgan holda bronza medaliga ega chiqdi.

Shunday qilib, terma jamoalarimiz Osiyo chempionatining bugungi kunini 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Termamizning chempionat doirasidagi umumiy medallari soni 3 tani tashkil etmoqda (2 ta kumush va 1 ta bronza).

Alimardon hamda Samirani, shuningdek, ularning yaqinlarini ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Язык »