2024-03-18

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi UCI Jahon kubogining ikkinchi bosqichidagi ishtirokini yakunladi

15-18-mart kunlari davomida Hong-Kongda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha UCI Jahon kubogining iikkinchi bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasining to‘rt nafar vakili (Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Nafosat Koziyeva, Sofiya Karimova) ishtirok etdi.

Sportchilarimiz nufuzli turnir doirasida chiqarib yuborish, medison hamda omnium dasturlarida bahs olib bordi.

Musobaqa doirasida Olga Zabelinskaya va Nafosat Koziyeva juftligi velotrekning Olimpiya dasturidagi eng qiyin dasturi bo‘lmish medisonda O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Poygada sportchilarimiz Daniya, Hong-Kong, Meksika, Yaponiya va Xitoy kabi terma jamoalarni ortda qoldirib, sakkizinchi natijani qayd etdi.

Bu natija orqali Jahon kubogining ikki bosqichi yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz medison dasturida 1488 ochkoga ega bo‘lib turgan holda 22 ta mamlakat orasida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, chiqarib yuborish dasturida ikki bosqich yakuniga ko‘ra, Nafosat Koziyeva 5360 ochko bilan o‘n to‘rtinchi, Margarita Misyurina esa 440 o‘n sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jahon kubogining uchinchi bosqichi aprel oyida Kanadaning Milton shahrida o’tkaziladi.

Язык »