Shunday qilib, Osiyo o’yinlarida barcha sportchilarimizning chiqishi o’z nihoyasiga yetdi. O’zbekistonning medallar uchun olib borgan kurashi quyidagicha:
🥇22 ta oltin;
🥈18 ta kumush;
🥉31 ta bronza.
JAMI: 71 ta medal.
Bu O’zbekiston delegatsiyasining Osiyo o’yinlari tarixida medallar sifati va soni bo’yicha eng yaxshi natijasi bo’ldi.
O’zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o’rinni egalladi.
O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.