2024-07-02

O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi, O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Vazirlik, Miliy Olimpiya qo‘mitasi, federatsiya rahbarlari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, marosimda federatsiyamiz raisining birinchi o’rinbosari Kozim O’rimboyxo’jayev, bosh murabbiy Gleb Groysmann hamda Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan sportchilarimiz — Dmitriy Bocharov va Yanina Kuskova ham qatnashdi.