2024-03-12

O‘zbekiston hamda Italiya velosiped sporti federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev rasmiy tashrif bilan Italiya velosport federatsiyasi ofisida bo‘ldi.

Kozim O’rinboyxo’jayev u yerda Italiya velosport federatsiyasi prezidenti Kordiano Daynoni hamda bosh kotib Marsello Gavino Tolu bilan uchrashdi. E’tiborlisi, tomonlar uchrashuv davomida federatsiyalar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga erishdi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad: O‘zbekistonda velosportni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ayollar velosportini rivojlantirishdir.

Shuningdek, kelishuv davomida ikki mamlakatda o‘rtoqlik turnirlari va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish, terma jamoalar murabbiylari o‘rtasida almashinuv dasturlarini yaratish, O‘zbekistonda BMX va mauntinbayking kabi olimpiyaviy yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga ko‘mak beruvchi dastarlarni amalga oshirish kabi aniq vazifalar belgilab olindi.

  1. Hamkorlik yo’nalishi
    FCI va UCF quyidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
  • Italiya va O‘zbekistonda istalgan yosh va jinsdagi o‘rtoqlik turnirlari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish; Italiya va O‘zbekistonning qulay iqlim sharoitlaridan foydalangan holda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida hamkorlikda Markaz tashkil etish;
  • terma jamoalar murabbiylari almashinuv dasturlarini tashkil etish;
  • xalqaro tadbirlarni boshqarish va tashkil etishni takomillashtirish maqsadida sudyalar va xodimlar almashinuvi dasturlari;
  • FCI va UCF koʻmagida Oʻzbekistonda BMX va togʻ velosipedi kabi olimpiya velosport turlarini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi dasturlarni amalga oshirish va ishlab chiqish;
  • O‘zbekistonda xalqaro BMX trekini yaratishda Italiya Federatsiyasi tomonidan ilmiy-uslubiy yordam.
  1. Memorandumning amal qilish muddati
    Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 3 yil davomida amal qiladi. Ushbu shartnomaning har qanday uzaytirilishi har ikki tomon tomonidan yozma ravishda ko’rib chiqilishi va o’zaro kelishilishi kerak.

Язык »