2024-05-24

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 63 yoshda!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 63 yoshni qarshi olmoqda.

Hurmatli Abdulla Nigmatovich,

Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan yurtimizdagi velosport oilasi, sportchi va murabbiylar nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi O‘zbekistonning yangi marralarni zabt etishida, mamlakatimizning har tomonlama yuksalib taraqqiy etishida Prezidentimizga kamarbasta bo‘lib turgan Siz kabi jonkuyar va fidoiy yurt farzandlarining xizmatlari beqiyos. Jumladan, o‘zbek sportini qo‘llab-quvvatlash, uning yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishidagi xizmatlaringiz alohida e’tirofga sazovor. Eng avvalo, bular atletlarimizning xalqaro maydonda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Bevosita qo‘llab-quvvatlashingiz bilan hozirda terma jamoalarimiz yirik xalqaro musobaqalarga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Yurtimizda ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, professional sportga yordam berish borasida olib borayotgan xizmatlaringiz uchun mamlakatimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik izhor qilamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Hurmat va ehtirom bilan,
O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi oilasi