2023-09-28

O‘zbekiston velosport terma jamoa a’zolari Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettirmoqda!

Bugun 28-sentyabr velosportchimiz Aleksey Fomovskiy trek yo’nalishining «Omnium» turida ishtirok etib, 5-o’rinni egalladi, shuningdek, ayollar o’rtasida jamoaviy bahslarda «Madison» turida terma jamoa a’zolaridan Olga Zabelinskaya va Nafosat Koziyevalar ishtirok etishib, 4-o’rinni egallashdi.

Velosportchilarimiz Osiyo o’yinlaridagi chiqishlarini boshqa turlarda davom ettirishadi!

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »