2024-03-01

O’zDJTSU Ochiq chempionati o’zida 80 nafardan oshiq velosportchilarni jamladi

Kecha, 29-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 18 yoshgacha va undan katta yoshdagi sportchilar o‘rtasida velosport va paravelosport turlari bo‘yicha birinchi Ochiq chempionat tashkil etildi.

Mazkur musobaqada 80 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Jumladan, unda oliygoh talabalari, paravelosport bo’yicha milliy terma jamoa a’zolari, viloyatlardagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari hamda Toshkent viloyati sport maktabi o’quvchilari faol qatnashdi.

Musobaqa davomida sportchi yigit-qizlar turgan joyidan Git 500 metr masofani bosib o‘tish bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda yagona tasnifda tasdiqlangan ko‘rsatgichlar asosida sport razryadi berildi.

Manba: @uzdjtsu_rasmiy telegram kanali

Язык »