Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi «Pepsi» xomiyligi ostida Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda 23-iyun — Xalqaro Olimpiya kunida «Pepsi Zero Marathon» velomarafonini tashkil etmoqda.
Velomarafon — avtomobilni uyda qoldirib, ochiq havoda sayr qilgan holda Toshkent go‘zalligidan rohatlanish uchun ajoyib sababdir! Pepsi Zero Marathon’da ishtirok etish orqali siz qimmatbaho sovrinlar uchun bellashish, eng asosiysi, sayyoramiz kelajagiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, tadbirda 16 yoshdan oshgan har bir kishi qatnashishi mumkin.
Eng muhimi, chipta savdosidan tushgan barcha mablag‘lar xayriya jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Marafon haqidagi eng muhim ma’lumotlar:
Sana va manzil: 23-iyun, 8:00. «Magic City xiyoboni»da.
Ishtirok etish uchun: Chiptalarni iTicket.uz saytidan xarid qilish kerak
Marafonda jami 3 yosh toifasi mavjud:
A toifasi: 16 yoshdan 29 yoshgacha
V toifasi: 30 yoshdan 49 yoshgacha
C toifasi: 50+
Marafon uchun yakuniy ro‘yxatga olish Magic City’da 20-22 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.