Joriy yilning 6-7-mart kunlari Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani hamda Chirchiq shaharlarida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, ayollar va kichik yoshli sportchilar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturi bilan tanishing:

6-mart (Bo’stonliq tumanida):

Erkaklar va yoshlar o‘rtasida 103 km masofaga guruh poygasi
Ayollar va yosh qizlar o‘rtasida 63 km masofaga guruh poygasi.

7-mart (Chirchiq shahrida):

Erkaklar va yoshlar o‘rtasida 45 km masofaga kriterium poygasi
Ayollar va yosh qizlar o‘rtasida 30 km masofaga kriterium poygasi.

Язык »