Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T.Madumarov, Olmazor tumani hokimligining mutasaddi rahbarlari A.Umarxonov, O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rais birinchi o’rinbosari K. O‘rinboyxo’jayev va bosh kotib A.Tog’aybekov hamda Respublika velosport mahorat maktab-internati direktori K.Xalmatov bilan birgalikda tumandagi «Olimpiya» mahalla hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Bunda mahallada sportga e’tibor va shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar borasida alohida muhokamalar bo’lib o’tdi. Yakunda T.Madumarov tomonidan islohotlar yuzasidan tegishli mutassadi rahbarlarga tavsiyalar berildi.