2024-06-05

Sherzod Tashmatovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov o‘z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Sherzod Rixsibayevich yurtimizda muaytay, boks, taekvondo sport turlari rivojiga katta hissa qo’shgan. Bokschilarimiz Rio Olimpiadasida tarixiy natija qayd etishgan bo’lsa, taekvondochimiz Ulugbek Rashitov 19 yoshida Olimpiada chempioni boldi. Sportchilarimiz tomonidan qo’lga kiritilayotgan bu yutuqlarda bugungi kun qahramonining xizmati beqiyos.

O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi jamoasi nomidan Sherzod Rixsibayevichni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz. U kishiga uzoq umr, tan-sihatlik, mamlakat sporti ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.