2024-02-09

Sportchilarimiz Antaliya Turidagi ishtirokini boshladi!

Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida veloshosse bo’yicha «Tour of Antalya» xalqaro turniri start oldi.

Ilk bosqichda sportchilar Side shaharchasidan Antaliyaga qadar bo’lgan 135 km masofani bosib o’tdi.

Turnirda «Tashkent City» jamoasining yetti nafar vakili ham ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimizning birinchi bosqichdagi natijalari quyidagicha bo’ldi.

  1. Nikita Svetkov (2:52:08)
  2. Davirjon Abdurahmanov (2:52:08)
  3. Farruh Bobosherov (2:52:08)
  4. Konstantin Elli (2:52:08)
  5. Samandar Joniqulov (2:54:03)
  6. Bekzodbek Rahimboyev (2:59:12)
  7. Dmitriy Bocharov (3:03:14).

Язык »