Часы работы

понедельник воскресенье 8.00 - 18.00

Адрес

100035, Ташкент,Чиланзарский район, ул.Бунедкор Шох, 47.

У вас есть к нам вопрос?

    Bugun Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «The Princess Maha Chakri Sirindhorn’s Cup (2.1)» musobaqasi start oldi.

    Turnirning ilk bosqichi doirasida sportchilar Pitsonlulok shaharchasidan Suhothay tarixiy bog‘iga qadar bo‘lgan 112,7 km masofani bosib o‘tdi.

    Poygada ishtirok etayotgan O‘zbekistonning «Tashkent City Women’s Professional Cycling Team» jamoasi a’zolarining natijalari quyidagicha bo‘ldi:

    1. Yanina Kuskova
    2. Madina Qahhorova
    3. Anna Kuskova
    4. Yevgeniya Golotina
    5. Asal Rizayeva.

    Qayd etish joiz, hamyurtimiz Yanina Kuskova bosqich doirasida sprintda bir, finishda esa yetti, jami sakkiz ochko ishlab oldi🔥

    Ertaga musobaqaning ikkinchi bosqichi tashkil etiladi.

    Язык »