2024-03-05

«Tashkent City» ayollar klubi 🚴🏻‍♀️»Trofeo Ponente in Rosa» ko‘p kunlik poygasidagi ishtirokini boshladi

Bugun Italiyaning Liguriya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Trofeo Ponente in Rosa (2.2)» ko‘p kunlik poygasi start oldi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada jahonning 29 ta jamoasi qatorida O‘zbekistonning «Tashkent City» jamoasi sportchilari ham ishtirok etmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan jamoamiz tarkibi:

Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Madina Qahhorova
Nafosat Koziyeva
Sofiya Karimova
Asal Rizayeva.

Bugun turnirning ilk bosqichi tashkil etildi. Unda sportchilar nisbatan yengilroq bo‘lgan tekisliklardan iborat 2,7 km masofa (prolog, kirish qismi)ni bosib o‘tdi.

Sportchilarimizning birinchi bosqichdagi natijalari quyidagicha bo‘ldi:

  1. Yanina Kuskova (3 daqiqa, 51 soniya)
  2. Margarita Misyurina (4 daqiqa, 4 soniya)
  3. Sofiya Karimova (4 daqiqa, 6 soniya)
  4. Nafosat Koziyeva (4 daqiqa, 9 soniya)
  5. Asal Rizayeva (4 daqiqa, 11 soniya)
  6. Madina Qahhorova (4 daqiqa, 19 soniya).

Ertaga turnirning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Язык »