2024-02-09

«Tashkent City» jamoasi a’zolari BAA turining ilk bosqichida qanday natija qayd etdi?

Kecha BAAning Dubay shahrida velosport bo‘yicha «UCI Women’s Tour» musobaqasining BAA turi start oldi.

Xabar berganimizdek, musobaqaning ilk bosqichida velosportchilar 122 km masofani bosib o‘tdi.

Xo‘sh, vakillarimiz ilk bosqichda qanday o‘rinlarni band etdi? Bu savolga quyida javob olishingiz mumkin.

Vaqt bo‘yicha:

  1. Yanina Kuskova (2:59:08)
  2. Olga Zabelinskaya (2:59:11)
  3. Nafosat Koziyeva (2:59:11)
  4. Anna Kuskova (2:59:11)
  5. Madina Qahhorova (2:59:11)
  6. Margarita Misyurina (2:59:11).

Eslatib o’tamiz, Yanina Kuskova kechagi bosqichning «Eng yaxshi yosh poygachisi» va «Eng faol poygachisi» deb topilgan edi.

Язык »