Kecha 🇺🇿O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev hamda «Tashkent City Professional Cycling Team» professional velosipedchilar jamoasi direktori Farruh Xudoyqulov Yevropaning eng nufuzli veloforma ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri «st RICH» tashkilotining San-Marinodagi bosh ofisiga tashrif buyurdi va kompaniya rahbari Kristian Puchchi bilan uchrashdi.
Ahamiyatlisi, uchrashuv davomida tomonlar «Tashkent City Women Professional Cycling Team» ayollar jamoasi uchun bepul maxsus veloformalar yetkazib berilishiga kelishib oldi va 3 yilga mo’ljallangan shartnoma imzoladi. Quvonarlisi, endilikda jamoamiz bo’lg’usi musobaqalarda aynan «st. RICH» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan veloformalarda ishtirok etadi.