2024-04-07

«Tashkent City Women’s Professional Cycling Team» jamoasi a’zolari Tailand turida ishtirok etadi!

Ertaga Tailandda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Elita toifasi doirasida «The Princess Maha Chackri Sirindhorn’s Cup-2024» (Tailand turi) start oladi.

Poyga o‘z ichiga uch bosqichni olgan bo‘lib, jami 278,2 km masofani qamrab oladi.

Musobaqada O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi asosini tashkil etuvchi «Tashkent City Women’s Professional Cycling Team» jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Yanina Kuskova
Yevgeniya Golotina
Madina Qahhorova
Yekaterina Burlakova
Asal Rizayeva
Anna Kuskova.

Murabbiy: Ruslan Useynov
Mexanik: Yegor Privalov.

Musobaqa jarayonlarini biz bilan kuzatib boring😊

Язык »