2024-06-14

«Tashkent City Women’s Professional Cycling Team» jamoasi «Tour de Suisse Womens» Jahon turida ishtirok etadi!

Joriy yilning 15-18-iyun kunlari Shvetsariyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Elita toifasida Jahon turi seriyasiga kiruvchi «Tour de Suisse» ko’p kunlik poygasi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, ushbu nufuzli turnirda O‘zbekistonning «Tashkent City Women’s Professional Cycling Team» jamoasi ham ishtirok etadi.

Klubimiz poygada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Olga Zabelinskaya
Nafosat Kozieva
Margarita Misyurina
Yevgeniya Golotina
Madina Qahhorova
Mohina Elmurodova.