2024-02-13

Terma jamoamiz a’zolari ilk bor o‘tkazilayotgan «Kelejak o‘yinlari» xalqaro musobaqasida ishtirok etadi!

Joriy yilning 21-fevral — 3 mart kunlari oralig‘ida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tarixda ilk bor tashkil etilayotgan «Kelajak o‘yinlari» xalqaro multi-kompleks o’yinlari o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada 100 dan ortq mamlakatning 2000 nafarga yaqin sportchisi ishtirok etishi kutilmoqda.

Ahamiyatlisi, ushbu xalqaro musobaqada terma jamoamiz a’zolari «virtual velopoyga» yo‘nalishida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu fijital turnir jismoniy va raqamli sport musobaqalarini birlashtirgan yangi formatdagi multi-kompleks musobaqa hisoblanadi.

Turnirda terma jamoamizning to‘rt nafar vakili ishtirok etadi:

Daniil Fyodorov
Davrjon Abdurahmanov
Yekaterina Knebleva
Asal Rizayeva.

Murabbiy:

Aziz Masharipov.

Ayni damda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan sportchilarimiz musobaqada ishtirok etish maqsadida 19-fevral kuni Qozonga uchib keladi.

Язык »