2024-03-02

Terma jamoamiz a’zolari «Syedra Ancient City» poygasida kuchlilar safida bo‘ldi!

Bugun Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «GP Syedra Ancient City» poygasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda «Tashkent City» jamoasining 10 nafar a’zosi ham ishtirok etdi.

Yakunda sportchilarimizning musobaqadagi natijasi quyidagicha bo‘ldi:

  1. Nikita Svetkov (2:51.58)
  2. Dmitriy Bocharov (2:52.24)
  3. Konstantin Elli (2:53.36)
  4. Bekzodbek Rahimboyev (2:54.50)
  5. Farruh Bobosherov (2:56.44)
  6. Abdurahmon Ne’matov (2:58.27)
  7. Sardor Muhtorov (2:59.14).

Kamoliddin Bahriddinov, Samariddin Sayfiyev hamda Davirjan Abdurahmanov poygani yakuniga yetkaza olmadi.

Qayd etish joiz, Nikita Svetkov bugungi natijasi orqali 3 reyting ochkosini ishlab oldi. «Tashkent City» klubi esa musobaqani umumjamoa hisobida to’rtinchi o’rinda yakunladi.

Язык »