Kecha Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa viloyat murabbiylari va sportchilari uchun bo‘lg‘usi Respublika chempionatlari oldidan saralash vazifasini o‘tab berdi.
Ma’lumot uchun, kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi 15-18-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida, o‘smirlar o‘rtasidagi chempionat bellashuvlari 30-aprel — 3-may kunlari Toshkent viloyatida hamda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati esa 22-25-aprel kunlari Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.