Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha start olgan erkaklar o‘rtasidagi «Tour of Bostonliq (2.2)» turnirining birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning birinchi kuni doirasida sportchilar 30 km masofaga shaxsiy vaqt uchun yakkalik poygasida ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, bosqich yakuniga ko‘ra, milliy terma jamoamiz a’zosi Murodjon Xolmurodov ikkinchi natijani qayd etdi.
Birinchi bosqich natijalari:
1.Tegshbayar Batsayxan (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) — 37.44
2.Murodjon Xolmurodov (O‘zbekiston terma jamoasi) — 38.08
3.Steven Uikkemsen («Universe Cycling Team») — 38.15.
Sportchilarni ushbu natijalar bilan tabriklagan holda kelgusi ikki bosqichda ham omad yor bo‘lishini tilaymiz.