2024-04-25

«Tour of the Gila». Margarita Misyurina ilk bosqichda «eng yaxshi sprinter» maykasini qo‘lga kiritdi!

Kecha AQSHning Nyu-Mexiko shtatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Tour of the Gila» ko‘p kunlik poygasi start oldi.

Xabar berganimizdek, musobaqaning ilk bosqichi doirasida sportchilar Silver Siti va Mogollon o‘rtasidagi 114,4 km masofani bosib o‘tdi.

Ahamiyatlisi, poygada qatnashgan «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» jamoasi a’zosi Margarita Misyurina 8 ochko jamg‘arib, eng yaxshi sprinter uchun mo‘ljallangan maykani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimizning birinchi bosqichdagi natijalari:

  1. Olga Zabelinskaya (2:43.41)
  2. Yanina Kuskova (2:44.09)
  3. Madina Qahhorova (2:47.23)
  4. Margarita Misyurina (2:53.14).

Nafosat Koziyeva bosqichni yakuniga yetkaza olmadi.

«Tour of the Gila». Маргарита Мисюрина выиграла майку «самый лучший спринтер» в первом туре!

Многодневная гонка среди женщин «Tour of the Gila» по шоссейному велоспорту стартовала вчера в Американском штате Нью-Мексико.

Как мы сообщали, на первом этапе соревнований спортсмены преодолели 114,4 км между Силвер-Сити и Моголлоном.

Важно отметить, что принявшая участие в гонке член «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» Маргарита Мисюрина набрала 8 очков и завоевала майку лучшего спринтера.

Результаты первого тура наших соотечественников:

  1. Ольга Забелинская (2:43.41)
  2. Янина Кускова (2:44.09)
  3. Мадина Кахорова (2:47,23)
  4. Маргарита Мисюрина (2:53.14).

Нафосат Козиева не смогла закончить этап.