2024-08-29

U-18 O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi

Kecha Farg‘ona viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati ko‘p kunlik poygasining so‘nggi, to‘rtinchi bosqichi o‘tkazildi.

50 km masofaga kechgan guruh poygasida ROPSTTM tarbiyalanuvchisi Kamil Yunusbayev g‘olib bo‘ldi.

4-bosqich natijalari:

Kamil Yunusbayev (ROPSTTM) — 1.08.56
Behzodbek Nurmatov (ROPSTTM) — 1.08.56
Shohruh Tulkunov (Toshkent viloyati) — 1.08.56.

Umumiy klassifikatsiyaga ko‘ra esa Toshkent viloyati sportchisi Shahzod Mirzaliyev to‘rt bosqich yakuniga ko‘ra eng yaxshi natija bilan O‘zbekiston chempioniga aylandi. Ikkinchi o‘rin namanganlik Amir Toshbayev, uchinchi o‘rin esa Jizzax vakili Muhriddin Safarovga nasib etdi.

Umumiy klassifikatsiya:

O‘ZBЕKISTON CHЕMPIONI: Shahzod Mirzaliyev (Toshkent viloyati) — 6.08.56
2.Amir Toshbayev (Namangan) — 6.09.40
3.Muhriddin Safarov (Jizzax) — 6.11.33

  1. Artur Strelsov (Jizzax) — 6.11.42
  2. Azizbek Turg’unov (Farg’ona) — 6.11.44
  3. Ozodbek Shokirov (Toshkent viloyati) — 6.11.50
  4. Kamil Yunusbayev (ROPSTTM) — 6.12.10
  5. Kayrat Ismailov (Toshkent viloyati) — 6.12.16
  6. Vitaliy Burlakov (Samarqand) — 6.12.41
  7. Jo’rabek Abduqodirov (Toshkent viloyati) — 6.13.26.