2024-03-20

Uch karra Olimpiya o’yinlari sovrindori Olga Zabelinskaya Jizzaxga tashrif buyurdi

Velosport bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya kecha Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Tajribali Olga Zabelinskaya u yerda yosh velosportchilar bilan uchrashib, ularning kelgusi faoliyati uchun kerakli maslahatlarni berdi. Uchrashuv yakunida sportchimiz Jizzax viloyati velosport bo’limi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Eslatib o’tamiz, sportchimiz yaqinda trek bo’yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida ishtirok etib, qaytgan edi.

Язык »