2024-03-15

«UCI Track World Cup» musobaqasining ilk kuni yakunlandi. Hamyurtlarimizning natijalari bilan tanishing

Bugun Hong-Kongda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha UCI Jahon kubogining ikkinchi bosqichi start oldi.

Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar vakili — Nafosat Koziyeva hamda Margarita Misyurina ishtirok etdi.

Sportchilarimizning bugungi natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Chiqarib yuborish poygasi:

1.Yumi Kayihara (🇯🇵Yaponiya)
2.Anita Stenberg (🇳🇴Norvegiya)
3.Yareli Mendosa Achevedo (🇲🇽Meksika).

  1. Nafosat Koziyeva
  2. Margarita Misyurina.

Ikki bosqich yakuniga ko‘ra, Jahon kubogining ayollar o‘rtasidagi chiqarib yuborish yo‘nalishida Nafosat Koziyeva 536 ochko bilan o‘n to‘rtinchi, Margarita Misyurina esa 440 ochko bilan o‘n sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Turnirning ertangi kunida vakillarimiz medison yo’nalishida g’oliblik uchun kurash olib boradi.

Язык »