Parij-2024 Olimpiadasi starti oldidan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan velosportchilarimizni tanishtirishda davom etadi.Navbatdagi sportchimiz — Olga Zabelinskaya!
Zabelinskaya Olga Sergeyevna 1980-yil 10-may kuni Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan. Trek va shosse yoʻnalishlariga ixtisoslashgan Zabelinskaya hisobida London-2012 Olimpiadasining 2 ta bronza, Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarining esa kumush medali mavjud. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Yuriy Anoshin. Har yili oʻtkazib kelinadigan shosse va trek yoʻnalishlaridagi Osiyo chempionatlarida muntazam ravishda shohsupadan joy olib keladi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyilarida 3 ta oltin, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Olga Zabelinskaya guruh poygasi va shaxsiy vaqt uchun alohida start dasturlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Sportchimizga ushbu sharafli yo‘lda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!