2024-03-15

«V.Iskandarov Respublika xotira turniri»da Toshkent shahri sportchilari tengsiz bo’ldi!

Joriy yilning 6-7 mart kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hamda Chirchiq shaharlarida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, ayollar va kichik yoshli sportchilar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri o‘tkazilgan edi.

Ushbu musobaqa yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri sportchilari 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan birinchi bo‘ldi.

Yuqoridagi jadval orqali yilning musobaqaning umumjamoa reytingini ko‘rishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, turnirda Respublikamizning turli hududlaridan 175 nafar velosportchi ishtirok etdi.

Turnirda Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyati sportchilari qatnashmaganini ta’kidlash etish joiz.

Язык »