2024-03-07

«V.Iskandarov Respublika xotira turniri»ning ilk kungi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Xabar berganimizdek, kecha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «V.Iskandarov Respublika xotira turniri» start oldi.

Musobaqaning ilk kunida sportchilar guruh poygalarida ishtirok etdi.

Turnirning ilk kungi g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

👉Erkaklar — 103 km masofaga guruh poygasida:

Oltin: Dmitriy Bocharov (ROSMM, 2.25,20)
Kumush: Nikita Svetkov (ROSMM, 2.25,20)
Bronza: Davirjan Abdurahmanov (SKUF, 2.25,20).

👉Yoshlar — 103 km masofaga guruh poygasida:

Oltin: Jo‘rabek Abdikadirov (CHOPSTTM, 2.25,20)
Kumush: Nikita Yeremov (Samarqand, 2.27,35)
Bronza: Shoxruh Kadirov (Xorazm, 2.27,35).

👉Ayollar — 63 km masofaga guruh poygasi:

Oltin: Yekaterina Knebleva (TSHOSMM, 1.47,40)
Kumush: Mohinabonu Elmurodova (CHOPSTTM, 1.47,40)
Bronza: Yevgeniya Golotina (SKUF, 1.47,40).

👉Yosh qizlar — 63 km masofaga guruh poygasi:

Oltin: Samira Ismoilova (ROSMM, 1.49,38)
Kumush: Angelina Burenkova (RK SOP, 1.50,58)
Bronza: Valeriya Gamm (CHOPSTTM, 1.50,58).

Язык »