2023-09-08

Velosport – navbatdagi chempionlik shohsupasi . Olimpiya litsenziyasiga yana bir qadam olg‘a!

Dmitriy Bocharov oltin medal va eng yaxshi tog’ poygachisi nomini qo’lga kiritdi.
Turkiya davlatida velosport bo’yicha olimpiya reyting ochkolari beruvchi “Tour of Van” ko’p kunlik UCI xalqaro musobaqasining 2-bosqichi o‘z yakunini topdi. Mazkur poyga 93,1 km masofani tashkil etib, unda Dmitriy Bocharov 1-o‘rinni egallab oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Dmitriyning bir kunlik g‘alabasi Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi 7 UCI reyting ochkoni milliy terma jamoamiz hisobiga kiritdi.

Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »