2023-08-26

Velosport – navbatdagi chempionlik shohsupasi Olimpiya litsenziyasiga yana bir qadam olg‘a!

Muradjan Xalmuratov oltin medal va eng yaxshi tog’ poygachisi maykasini qo‘lga kiritdi.

Turkiya davlatida velosport bo’yicha olimpiya reyting ochkolari beruvchi “Tour of Yigido” ko’p kunlik UCI xalqaro musobaqasining 2-bosqichi o‘z yakunini topdi. Mazkur poyga 144,6 km masofani tashkil etib, unda Muradjan Xalmuratov 1-o‘rinni egallab oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamda Muradjan poyga yakuniga ko‘ra eng yaxshi tog’ poygachisi nomi va ko‘p kunlik “Poyga yetakchisi maykasi”ni qo‘lga kiritdi.
Xalmuratovning bir kunlik g‘alabasi Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi 7 UCI reyting ochkoni milliy terma jamoamiz hisobiga kiritdi.

Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »