2023-07-17

Velosportchi qizlarimiz Italiya davlatidagi xalqaro musobqada ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 17-22 iyul kunlari O’zbekiston ayollar terma jamoa a’zolari “Parij-2024” Оlimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi velosportning trek yo`nalishi bo`yicha “6 SERE INTERNAZIONALE CITTÀ DI PORDENONE” xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun İtaliyada bo‘lib turibdi.

✅Ushbu musobaqada sportchilarimiz tajribali xorijiy mutaxassis G.Groysman boshchiligida puxta tayyorgarlik ko‘rishgan.

🚴Nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan tanishing:
1. Margarita Misyurina+
2. Nafosat Koziyeva+

🏆Sportchilarimiz shohsupaning yuqori pog’onalaridan o‘rin olishlarini tilab qolamiz!!!

Язык »