2024-09-05

Velotrek: O‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati g’oliblari aniqlandi

Bugun Toshkent shahridagi Respublika velotrek o‘quv-mashq markazida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smir hamda o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati ko‘p bosqichli musobaqasining so’nggi, uchinchi bosqichi tashkillashtirildi.

Unda yigitlar ham, qizlar ham aylana guruh poygasida bahs olib bordi.

O‘smirlar, 3-bosqich (48 aylana ochko yig‘ish guruh poygasi):

  1. Artyomiy Sherbakov (Samarqand) — 22 ochko
  2. Chingiz Cho’liyev (Jizzax) — 22 ochko
  3. Adilbek Allambergenov (ROPSTTM) — 18 ochko.

O‘smir qizlar, 3-bosqich (30 aylana ochko yig‘ish guruh poygasi):

  1. Gulhayo Sattorova (Jizzax) — 30 ochko
  2. Sabrina Altinbekova (Sirdaryo) — 15 ochko
  3. Darya Jogova (Toshkent shahri) — 7 ochko.

Umumiy klassifikatsiyalar:

O‘smirlar:
1.O’ZBEKISTON CHEMPIONI: Chingiz Cho’liyev (Jizzax)
2.Shoislom Shoakmalov (Toshkent shahri)
3.Fazliddin Ergashev (Sirdaryo).

O‘smir qizlar:
1.O’ZBEKISTON CHEMPIONI: Gulhayo Sattorova (Jizzax)
2.Sabrina Altinbekova (Sirdaryo)
3.Madina Abdusattorova (Jizzax).