Osiyo oʻyinlari doirasida trek bahslari poyoniga yetdi. Afsuski, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari mazkur yoʻnalishda shohsupaga koʻtarila olishmadi.

Hamyurtlarimiz 2 dasturda sovrinli oʻrinlarga yaqin kelishdi. Margarita Misyurina ochkolar poygasida, shuningdek, ayollar oʻrtasidagi medison dasturida jamoamiz toʻrtinchi boʻldi. Aleksey Fomovskiy esa ochkolar poygasi yoʻnalishida beshinchi natijani qayd etdi.

Endi hamyurtlarimiz 3-5-oktyabr kunlari shossedagi poygalarda medallar uchun kurash olib boradilar.

https://t.me/cycling_uz

Язык »