2024-02-08

Yanina Kuskova — BAA turining ilk bosqichida «Eng yaxshi yosh poygachi» va «Eng faol poygachi» maykalarini qo’lga kiritdi!

Xabar berganimizdek, bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida velosport bo’yicha «UCI Women’s Tour» turniri start oldi.

Musobaqaning ilk kuni doirasida velosportchilar «Dubai Miracle Garden» majmuasidan «Dubai Harbour» inshootiga qadar bo’lgan 122 km masofani bosib o’tdi.

Ahamiyatlisi, bugungi kun «Tashkent City» klubi a’zolari uchun ham omadli o’tdi. Jumladan, sportchimiz Yanina Kuskova ilk bosqich yakuniga ko’ra, «Eng yaxshi yosh poygachi» va «Eng faol poygachi» nominatsiyalarida g’olib bo’ldi.

Birozdan so’ng, hamyurtlarimizning birinchi bosqichda qayd etgan natijalari haqida xabar beramiz.

Yanina Kuskova hamda uning yaqinlarini, shuningdek, muxlislarni esa ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Язык »