2024-04-04

Yaqinda o‘z nihoyasiga yetgan velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2024 turnirining umumjamoa reytingi bilan tanishing

Xabaringiz bor, 25-29 mart kunlari Toshkent shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bellashuvlari tashkil etildi.

Musobaqada Toshkent shahri vakillari 21 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza, jami 54 ta medal bilan peshqadam bo‘ldi.

Respublikamizning turli hududlaridan eng kuchli jami 100 nafar velosportchi ishtirok etgan turnirda Andijon, Farg‘ona, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati sportchilari qatnashmaganini ta’kidlash lozim.

Язык »