2024-03-03

Yigitlarimizning «International Alanya Castle Criterium» poygasidagi natijalari qanday bo‘ldi?

Xabaringiz bor, bugun Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «International Alanya Castle Criterium» poygalari o‘tkazildi.

Biroz oldin, poygada ishtirok etgan ayollar terma jamoamiz vakilalarining natijalari haqida ma’lumot bergan edik.

Musobaqa tashkilotchilari erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan poyga natijalarini ham rasman chop etdi.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda «Tashkent City» klubi vakillari quyidagicha natija qayd etdi:

  1. Davirjan Abdurahmanov
  2. Kamoliddin Bahriddinov
  3. Farruh Bobosherov
  4. Bekzodbek Rahimboyev
  5. Abdurahmon Ne’matov
  6. Dmitriy Bocharov
  7. Nikita Svetkov
  8. Sardor Muhtorov.

Ma’lumot uchun, musobaqada dunyoning turli qit’alaridan 100 nafar velosportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Eslatib o’tamiz, kecha o’tkazilgan «Syedra Ancient City» poygasida hamyurtimiz Nikita Svetkov sakkizinchi natijani qayd etib, 3 UCI reyting ochkosini qo’lga kiritgan edi.

Язык »