2024-09-13

Yosh velosportchilarimiz e’tibor markazida

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Respublika velosport mahorat maktabi o‘quvchilari velosportning ham shosse, ham trek yo‘nalishida tajribali murabbiylardan saboq olib kelmoqda.

Bundan tashqari, ular bir qancha mahalliy va xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati yosh velosportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor qaratish maqsadida yangi professional sport ekipirovkalarini sovg‘a qildi. Endilikda ular aynan shu ekipirovkalar bilan musobaqalarda ishtirok etadi.