2024-02-12

Yoshlar terma jamoamiz ishtirokidagi «Qozog‘iston qishki ochiq chempionati» yakunlandi

Avvalroq xabar berganimizdek, 6-11 fevral kunlari Qozog‘iston poytaxti bo‘lmish Ostona shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha «Qozog‘iston qishki ochiq chempionati» musobaqasi o‘tkazildi.

Turnir doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 21 nafar sportchi bilan bahslarda ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, musobaqada ishtirok etgan vakillarimiz yakunda umumiy 9 ta medalga ega chiqdi.

Oltin:

Yosh qizlar terma jamoamiz (Jamoaviy guruh poygasida)
Samira Ismoilova hamda Madina Davronova (Medison guruh poygasida).

Kumush:

Yoshlar terma jamoamiz (Jamoaviy guruh poygasida)
Begzod Bohodirov va Begzod Nurmatov (Medison guruh poygasida)
Nozima Egamberdiyeva va Yana Mishinova (Medison guruh poygasida).

Bronza:

Yoshlar terma jamoamiz (Jamoaviy sprint poygasida)
Alimardon Jamoldinov va Vitaliy Burlakov (Medison guruh poygasida)
Samira Isroilova (Individual poygada)
Anastasiya Safonova (Ayollar o‘rtasida yakkalik bahslarida).

Shunday qilib, terma jamoamiz Qozog’istondagi xalqaro turnirni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal bilan yakunladi.

Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etdi:

Erkaklar:

Timur Abduhakimov.

Yoshlar:

Denis Kim
Vladislav Jarkov
Vagit Arslanov
Ubay Abdurahmonov
Alimardon Jamoldinov
Begzod Nurmatov
Nikita Yeremov
Begzod Bohodirov
Artyom Talizenkov
Nursultan Tursunov
Vitaliy Burlakov.

Ayollar:

Anastasiya Safonova.

Yosh qizlar:

Samira Ismoilova
Madina Davronova
Anisa Tursunova
Darya Jogova
Alina Bakcheeyeva
Nozima Egamberdiyeva
Yana Mishinova
Kamola Aulova.

https://t.me/cycling_uz

Язык »